O‘RQ-792 — elektron tasdiqlash qonun bilan tan olingan

Shartnomani 90 soniyada imzolang

Mijoz havolani ochadi, telefoniga kelgan kodni kiritadi va imzolaydi. Ilova o‘rnatmaydi, ERI kaliti sotib olmaydi, ofisingizga kelmaydi. Har bir imzo ortida sudda taqdim etiladigan dalil paketi qoladi.

Bepul boshlash

Karta talab qilinmaydi · Oyiga 10 ta imzo bepul

Shartnomani masofadan imzolang — dalil paketi bilan.

Ijara shartnomasiMehnat shartnomasiXizmat shartnomasiO‘quv shartnomasiYetkazib berishHamkorlik kelishuviAriza va akt
Imkoniyatlar

Imzo jarayonining har bir bosqichi nazorat ostida

Shartnomani tayyorlashdan tortib, imzolangan nusxaning haqiqiyligini tekshirishgacha — bitta tizimda.

Mijoz uchun tayyorgarlik shart emas

Havola Telegram yoki SMS orqali keladi. Ikkinchi tomon ro‘yxatdan o‘tmaydi va hech narsa o‘rnatmaydi.

ERI kaliti talab qilinmaydi

Kontragentda elektron raqamli imzo kaliti bo‘lishi shart emas — imzolashdan bosh tortishning eng keng tarqalgan sababi shu bilan yo‘qoladi.

Sudga tayyor dalil paketi

Har bir imzo IP, qurilma, vaqt va yetkazilganlik dalili bilan qayd etiladi. Yozuvlar o‘zgartirib bo‘lmaydigan xesh zanjiriga bog‘lanadi.

O‘z shartnomangiz bilan ishlaydi

Tayyor shablonlardan foydalaning yoki mavjud Word/PDF shartnomangizni yuklab, to‘ldiriladigan joylarni o‘zingiz belgilang.

Ma’lumot O‘zbekistonda saqlanadi

Hujjatlar va shaxsiy ma’lumotlar O‘zbekiston hududidagi serverlarda — shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun talabiga muvofiq.

Haqiqiylikni har kim tekshiradi

Hujjatdagi QR kod orqali kontragent, bank yoki tekshiruvchi organ nusxaning haqiqiyligini mustaqil tasdiqlaydi.

Bitta tizim

Qog‘oz, kuryer va skaner bilan ishlash tugaydi

Shartnomani tayyorlang, yuboring va imzolangan nusxani bir joyda boshqaring.

Shartnoma tayyorlash

Tayyor shablonni tanlang yoki o‘z Word/PDF hujjatingizni yuklang.

Jarayonni kuzatish

Kim ochdi, kim imzoladi, kim kechikayapti — real vaqtda ko‘rinadi.

Yagona arxiv

Imzolangan barcha shartnomalar qidiruv va filtr bilan bir joyda.

Eslatma yuborish

Imzolamagan tomonga eslatmani bir bosishda qayta jo‘nating.

Haqiqiylikni tekshirish

Har bir hujjat raqami yoki QR kodi bo‘yicha ommaviy tekshiruv sahifasi.

Tezlik

Imzo kutish sikli qisqaradi

Havola bir zumda mijozda

Shartnoma tayyor bo‘lgan zahoti Telegram yoki SMS orqali ketadi. Mijoz viloyatda ham, chet elda ham o‘sha daqiqada ocha oladi.

Batafsil

Yakuniy PDF avtomatik shakllanadi

Mijoz kodni kiritishi bilan imzolangan PDF vaqt belgisi va QR kod bilan tayyor bo‘ladi. Qo‘lda skanerlash va birlashtirish kerak emas.

Batafsil
Kimlar uchun

Har kuni shartnoma imzolaydigan jamoalar uchun

HR va kadrlar

Mehnat shartnomasi, moddiy javobgarlik va NDA — nomzod ofisga kelmasdan imzolaydi.

Boshlash

Savdo bo‘limlari

Bitim shartlari kelishilgan kuni imzolanadi, keyingi haftaga surilmaydi.

Boshlash

Ta’lim markazlari

O‘quv shartnomasini ota-ona qabulga kelmasdan rasmiylashtiring.

Boshlash

Ko‘chmas mulk va ijara

Ijara shartnomasi va qo‘shimcha kelishuvlarni masofadan imzolang.

Boshlash

Xizmat ko‘rsatuvchilar

Har bir buyurtma uchun alohida shartnomani daqiqalarda rasmiylashtiring.

Boshlash

Kichik va o‘rta biznes

Alohida yuridik bo‘limi yo‘q kompaniyalar uchun: shablon tayyor, jarayon nazorat ostida.

Boshlash
Qanday ishlaydi

Uch qadam

Birinchi shartnomani bugun yuborishingiz mumkin — integratsiya ham, joriy qilish loyihasi ham talab qilinmaydi.

1

Shartnomani tayyorlang

Shablonni tanlang yoki o‘z faylingizni yuklab, to‘ldiriladigan joylarni belgilang.

2

Tomonlarni qo‘shing va yuboring

Ism va telefon raqami yetarli. Havola Telegram yoki SMS orqali ketadi.

3

Mijoz imzolaydi

Kod kiritiladi, imzo qo‘yiladi, yakuniy PDF ikkala tomonda qoladi.

Qonuniy asos

Qonun elektron tasdiqlashni imzo deb tan oladi

Elektron tasdiqlash usullari, jumladan SMS va Face-ID orqali tasdiqlash, qonunchilikda imzo sifatida tan olinishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-792, 14-modda

Batafsil o‘qish
Rasmiy hujjatlar

Davlat ro‘yxatidan o‘tgan, ishonchli platforma

My Shartnoma «Milliy shartnoma» MCHJ tomonidan yuritiladi. Kompaniya davlat ro‘yxatidan o‘tgan, shaxsga doir ma’lumotlar bazasi esa davlat reyestriga kiritilgan.

«Milliy shartnoma» MCHJ · STIR 313 287 126

Tariflar

Shaffof narx

Bepul tarifdan boshlang. Karta talab qilinmaydi, majburiy yillik shartnoma yo‘q.

Bepul

0so‘m/oy

Bepul boshlash

Imkoniyatlar

  • 20 imzo/oy
  • 1 foydalanuvchi
  • SMS kanali
  • O‘z DOCX/PDF shabloni
  • Ko‘p tomonlama imzo (3+)

Start

390 000so‘m/oy

Tanlash

Imkoniyatlar

  • 100 imzo/oy
  • Cheksiz foydalanuvchi
  • SMS kanali
  • O‘z DOCX/PDF shabloni
  • Logotip va rekvizitlar
  • Ko‘p tomonlama imzo (3+)
  • Elektron muhr
  • Bo‘limlar
  • API va webhook
  • Webhook
  • Prioritet qo‘llab-quvvatlash

Biznes

1 170 000so‘m/oy

Tanlash

Imkoniyatlar

  • 300 imzo/oy
  • Cheksiz foydalanuvchi
  • SMS kanali
  • O‘z DOCX/PDF shabloni
  • Logotip va rekvizitlar
  • Ko‘p tomonlama imzo (3+)
  • Elektron muhr
  • Bo‘limlar
  • API va webhook
  • Webhook
  • Prioritet qo‘llab-quvvatlash

Professional

Tavsiya
1 950 000so‘m/oy

Tanlash

Imkoniyatlar

  • 500 imzo/oy
  • Cheksiz foydalanuvchi
  • SMS kanali
  • O‘z DOCX/PDF shabloni
  • Logotip va rekvizitlar
  • Ko‘p tomonlama imzo (3+)
  • Elektron muhr
  • Bo‘limlar
  • API va webhook
  • Webhook
  • Prioritet qo‘llab-quvvatlash

Premium

3 850 000so‘m/oy

Tanlash

Imkoniyatlar

  • 1000 imzo/oy
  • Cheksiz foydalanuvchi
  • SMS kanali
  • O‘z DOCX/PDF shabloni
  • Logotip va rekvizitlar
  • Ko‘p tomonlama imzo (3+)
  • Elektron muhr
  • Bo‘limlar
  • API va webhook
  • Webhook
  • Prioritet qo‘llab-quvvatlash
  • White-label
Savollar

Ko‘p so‘raladigan savollar

Huquqiy kuch, xavfsizlik va joriy qilish bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.

O‘zbekiston Respublikasi Qonunining O‘RQ-792 14-moddasi elektron tasdiqlash usullarini imzo sifatida tan oladi. Bundan tashqari har bir imzo bo‘yicha IP, qurilma, vaqt va yetkazilganlik dalili saqlanadi hamda o‘zgartirib bo‘lmaydigan xesh zanjiriga bog‘lanadi — nizo chiqsa shu paket taqdim etiladi.

Ha. Elektron raqamli imzo kaliti talab qilinmaydi. Imzolovchiga faqat telefon raqami kerak: havolani ochadi, kelgan kodni kiritadi va imzolaydi.

Ijara, xizmat ko‘rsatish, mehnat, o‘quv va boshqa fuqarolik-huquqiy shartnomalar. Ko‘chmas mulkni sotish, meros masalalari va ayrim ishonchnomalar uchun qonun notarial tasdiqni majburiy qiladi — bunday hujjatlar bu yo‘l bilan rasmiylashtirilmaydi.

Yo‘q. Mijoz havolani brauzerda ochadi, hujjat matnini o‘qiydi, kodni kiritadi va imzolaydi. Ro‘yxatdan o‘tish ham, ilova ham talab qilinmaydi.

Ha. Word yoki PDF faylingizni yuklaysiz va to‘ldiriladigan joylarni o‘zingiz belgilaysiz. Shundan keyin o‘sha shablon bo‘yicha istalgancha shartnoma yuborish mumkin.

Barcha hujjatlar va shaxsiy ma’lumotlar O‘zbekiston hududidagi serverlarda, shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun talabiga muvofiq saqlanadi.

Har bir yakuniy hujjatda QR kod bo‘ladi. Uni skanerlab yoki tekshiruv sahifasiga hujjat raqamini kiritib, istalgan tomon haqiqiylikni mustaqil tasdiqlaydi — tizimga kirish shart emas.

Birinchi shartnomangizni bugun yuboring

Ro‘yxatdan o‘tish bir daqiqa. Oyiga 10 ta imzo bepul, karta talab qilinmaydi.